BAA kompaniyasi “Chorsu Real-Estate Development” MCHJ XKning 100% lik ulushlarini sotib oldi
Bu haqdagi ariza Raqobat qo‘mitasi tomonidan qanoatlantirildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining “Ittihad Investment Central Asia Holding Ltd” kompaniyasining “Chorsu Real-Estate Development” MCHJ XKning 100% ulushlarini olish bo‘yicha arizasini qanoatlantirdi. Bu haqda Qo‘mita matbout xizmati ma’lum qildi.
Bugungi kunda “Ittihad Investment Central Asia Holding Ltd” kompaniyasi maxsus maqsadli xolding faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi. “Chorsu Real-Estate Development” MCHJ XK esa turar-joy binolarini qurilishi bilan shug‘ullanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi yuzasidan bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ