Rossiyaning «Azimut Hotels» tarmog’i Toshkentda mehmonxona ochdi

Shuningdek, kompaniya MDHning boshqa mamlakatlarida mehmonxonalar ochishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning «Azimut Hotels» tarmog’i Toshkentda mehmonxona ochdi

«Azimut Hotels» tarmog’i Toshkentdagi Shota Rustaveli ko’chasida joylashgan 3,3 ming kvadrat metr maydonga ega 4 yulduzli mehmonxonani ochdi. Bu haqda RBC xabar beradi

Mehmonxonada turli toifadagi 50 ta xona, avtoturargoh, 100 o’rinli restoran, fitnes klubi va konferentsiya xonasi bo’ladi. Uni «Azimut Hotels» boshqaradi, ammo u kompaniyaga tegishli emas. O’zbekiston bozoriga kirish uning sayohatchilar orasida mashhurligi va yangi mehmonxonalarga bo’lgan talabining yuqoriligi bilan izohlanadi. 

Mehmonxona ochilishi haqidagi ma’lumotni tarmoq egasi biznesmen Aleksandr Klyachinning vakili boshqa tafsilotlarni oshkor qilmasdan ham tasdiqladi.

«Azimut Hotels» bilan ishlagan maslahatchilardan biri kompaniya MDHning boshqa mamlakatlarida ham mehmonxonalar ochishni rejalashtirayotganini aytdi. Gap Qirg’izistondagi Bishkek, Qozog’istondagi Olmaota va Tojikistondagi Dushanbe haqida. Uning so’zlariga ko’ra, bu mehmonxonalar shu yil va kelgusi yilda ishga tushiriladi.

«Azimut Hotels» Rossiyadagi eng yirik mehmonxonalar tarmog’idir. Hozirgi vaqtda u 40 dan ortiq shaharlarda 65 dan ortiq mehmonxona va sanatoriylarni o’z ichiga oladi, ularning umumiy soni 11 mingga yaqin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
/
Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
/
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi
/
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi