Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun kontrakt summasining 50% gacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi

Shuningdek, ayrim toifadagi fuqarolar haydovchilik guvohnomasini olishda ham imtiyozlarga ega bo‘ladi

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun kontrakt summasining 50% gacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi

O‘zbekistonda 2026-yil fevral oyidan boshlab kam ta’minlangan oilalarga mansub ayrim toifa fuqarolar uchun o‘qish xarajatlarining bir qismini qoplash hamda harbiy xizmatni bepul o‘tash tizimi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, yangi tartib 2026-yil 1-fevraldan kuchga kiradi va oilasi “Kam ta’minlanganlar reyestri”ga kiritilgan yoshlar uchun amal qiladi.

Xususan, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to‘lovining 50 foizigacha bo‘lgan qismini davlat qoplab beradi. To‘lov miqdori tuziladigan ijtimoiy shartnoma shartlariga qarab belgilanadi, ammo bir o‘quv yili uchun kompensatsiya miqdori BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalardan chiqqan yoshlar uchun safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmat qilish to‘liq bepul bo‘ladi. Bungacha amal qilib kelgan mazkur yo‘nalishdagi subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi va uning o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz joriy etiladi.

Bundan tashqari, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari avtomaktablarda o‘qish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. Kompensatsiya A, B, D va DE toifali haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi yoshlar uchun taqdim etiladi.

Shu bilan birga, bir fuqaro bir yil davomida turli ko‘rinishdagi ijtimoiy yordam turlaridan ikki martadan ortiq foydalana olmasligi belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi