Toshkent shahrida ayrim ko‘chalar faoliyati cheklanadi (ro‘yxat)
Bu cheklovlar masjidlarda “Taroveh” namozi o‘qilishi va harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq

Фото: Рамиз Бахтияров / Aktualno.uz
Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 28-fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Xususan, quyidagi tumanlardagi ko‘chalarda harakatlanib bo‘lmaydi:
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
- Tepa masjidi — Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar;
Bektemir tumani bo‘yicha:
- Alibek masjidi — M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar;
Yashnobod tumani bo‘yicha:
- Islom ota masjidi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar;
- Ali ibn Abu Tolib masjidi — Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar;
Mirobod tumani bo‘yicha:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi — Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar;
- Qo‘yliq ota masjidi — TXAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar;
Sergeli tumani bo‘yicha:
- Ma’ruf ota masjidi — Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar;
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi — Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar;
Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
- Usmon bin Ma’zum masjidi — KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorraxasigacha qadar;
- Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha qadar;
- Rakat masjidi — J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yangihayot tumani bo‘yicha:
- Niyozmat ota masjidi — TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar;
Shayxontoxur tumani bo‘yicha:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi — Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar;
- Kamolon masjidi — Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar;
Olmazor tumani bo‘yicha:
- Hazrati imom masjidi — Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha qadar;
- Islomobod masjidi — KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar;
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi — Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar;
Yunusobod tumani bo‘yicha:
- Mirza Yusuf masjidi — Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
- Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
- Xazrati Ali masjidi — Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
- Novza masjidi — Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
- Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi — Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
IIB, shuningdek, fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ