Joriy yilda O’zbekistonda avtoraqamlarga talab ikki yarim barobarga oshdi

Eng qimmat avtoraqam 517 mln so’mga sotilgan

Joriy yilda O’zbekistonda avtoraqamlarga talab ikki yarim barobarga oshdi

Joriy yilning 9 oyi davomida avtoraqam.uzex.uz tizimida 152 mingdan ziyod qiymati 620 mlrd so’mlik avtoraqamlar onlayn-auksion orqali sotilgan.

Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 barobarga oshgan.

Ushbu avtoraqamlarni xarid qiluvchilarning 97%ni jismoniy shaxslar, 3%ni yuridik shaxslar tashkil etgan. Raqamlarni eng past narxi 1,7 mln so’mdan, eng qimmat narx esa 517,1 mln so’mdan iborat bo’lgan.

Shuningdek, mobilraqam.uzex.uz tizimi orqali 14,6 mlrd so’mlik 3,5 mingdan ziyod mobil raqamlar sotuvi amalga oshirilgan. 

Bundan oldin, birja tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish uchun “UZEX Agro” platformasi ishga tushirilgani haqda xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi