Avtomobillarga ekologik stikerlar berish tartibi tasdiqlandi

Transport egalari ekologik stikerlarni YHXX rasmiy veb-sayti yoki YAIDXP orqali cheklanmagan muddatga olishlari mumkin

Avtomobillarga ekologik stikerlar berish tartibi tasdiqlandi

28-noyabr kuni hukumat qarori bilan “Avtotransport vositalaridan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligi darajasini aniqlash, ularni ekologik toifalarga ajratish hamda ekologik stikerlarni berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, transport vositasining ekologik toifasi uning ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan ekologik sinfiga muvofiq belgilanadi.

Bunda transport vositalari quyidagi mezonlarga ko‘ra ekologik toifalarga ajratiladi.

Benzin, siqilgan va suyultirilgan gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi:

  • “Yevro-2” va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari — “toza” ekologik toifaga;
  • “Yevro-0” va “Yevro-1” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari — “o‘rta” ekologik toifaga.

Dizel yoqilg‘i turi bilan harakatlanuvchi:

  • “Yevro-4” va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari — “toza” ekologik toifaga;
  • “Yevro-3” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari — “o‘rta” ekologik toifaga;
  • “Yevro-0”, “Yevro-1” va “Yevro-2” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari — “zararli” ekologik toifaga.

Gibrid avtomobillar, muqobil yoqilg‘i turlarida xarakatlanuvchi transport vositalari hamda ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan transport vositalari — “toza” ekologik toifaga.

Transport vositalarini ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida ularning toifalariga mos ravishda “yashil”, “sariq” yoki “qizil” rangli ekologik stikerlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.

Transport egasi ixtiyoriy ravishda ekologik stiker olish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga uning rasmiy veb-sayti yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Ariza belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lganda, trasport vositasiga uning ekologik toifasiga mos bo‘lgan ekologik stikerlardan biri taqdim etiladi.

Ekologik stikerlar muddatsiz davrga beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda mahsulotlar va tovarlar importiga nol boj muddati uzaytirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda mahsulotlar va tovarlar importiga nol boj muddati uzaytirilishi mumkin
Markaziy bank uchta bankni jarimaga tortdi va ikki to‘lov tashkiloti faoliyatini chekladi
/
Markaziy bank uchta bankni jarimaga tortdi va ikki to‘lov tashkiloti faoliyatini chekladi
Google Gemini chat-botida o‘zbek tili rasman ishga tushirildi
/
Google Gemini chat-botida o‘zbek tili rasman ishga tushirildi