1 avgustdan boshlab avtomobil raqamlari tasodifiy tartibda beriladi

Shuningdek, dekabr oyidan boshlab avtomobillarni ro'yxatdan o'tkazish va raqamlarni onlayn yoki telefon orqali olish uchun ariza berish mumkin bo'ladi

1 avgustdan boshlab avtomobil raqamlari tasodifiy tartibda beriladi

1 avgustdan boshlab avtomobillar uchun ro’yxatdan o’tish raqamlari tasodifiy ravishda beriladi. Bu O’zbekiston hukumatining 17 iyuldagi qarori bilan belgilangan.

Raqamlar avtomatik ravishda ichki ishlar vazirligining YHXX IIV elektron tizimidagi «Davlat raqamlari» moduli orqali yaratiladi.

Hozirgi vaqtda raqamlar raqamlashning o’sish tartibida beriladi, auktsionlarda yuqori haq evaziga sotiladigan «chiroyli raqamlar» bundan mustasno.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, 1 dekabrdan boshlab YHXX mobil ilovasi, xizmat veb-sayti, call-markaz yoki davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtomobillarni ro’yxatdan o’tkazish va raqamlarni olish uchun ariza berish mumkin bo’ladi. Shuningdek davlat xizmatlari portali orqali to’lovni amal oshirish mumkin bo’ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sud Humans kompaniyasini “Octobank” oldidagi qarzni to‘lashga majbur qildi
/
Sud Humans kompaniyasini “Octobank” oldidagi qarzni to‘lashga majbur qildi
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
/
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
/
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi