Yanvar oyida avtomobil bozorida sotuvlar 9,5% ga oshdi, ammo yillik nisbatda 38,5% ga kamaydi
Xususan, Surxondaryo, Andijon va Namanganda ko‘proq avtomobil sotilgan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Yanvar oyida O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi hajmi 78,6 mingtani tashkil etib, dekabr oyiga nisbatan 9,5% ga oshdi. Biroq, yillik hisobda bozor 38,5% dan ko‘proqqa qisqardi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
Savdo hajmining eng yuqori o‘sishi Surxondaryo (+27%), Andijon (+25%) va Namangan (+24%) viloyatlarida qayd etildi.
Birlamchi bozor
Birlamchi bozorda yangi avtomobillar savdosi bir oy ichida 18,5% ga o‘sdi, ammo o‘tgan yilning yanvariga nisbatan 15% ga kamaydi. Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi 21,7 mingtani tashkil etdi, bu dekabr oyiga nisbatan 3,3 mingtaga ko‘p.
Chet el avtomobillari
Xorijiy avtomobillar bozori ham o‘sdii: oy davomida sotuvlar 21% ga oshib, 4,9 ming donaga yetdi. Yillik hisobda segment 42% ga o‘sdi.
Ikkilamchi bozor
Ishlatilgan avtomobillar bozorida faollik oshmoqda. Yanvar oyida 52 mingta mashina sotilgan — bu bir oy oldingiga nisbatan 5,4% ga ko‘p.
Elektromobillar
Elektromobillar segmenti o‘sishda davom etmoqda: yanvar oyida 5,5 ming dona sotilgan, bu dekabr oyiga nisbatan 24% ga yuqori hisoblanadi. Ishlatilgan elektromobillar savdosi yil davomida 3,1 barobarga, yangilari esa 1,3 barobarga oshdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ