O‘zbekistonda avtomaktabni bitirganlarga yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bunday guvohnomani DYHXX Yagona axborot tizimi orqali olishlari mumkin

O‘zbekistonda avtomaktabni bitirganlarga yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi

O‘zbekistonda avtomaktablarni muvaffaqiyatli bitirganlar uchun yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan o‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnomalar o‘quv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining “e-avtota’lim. uz” moduli orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga “e-avtota’lim. uz” moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnomalar uchun yig‘im undirilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
“AirAsia” Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
/
“AirAsia” Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekistonda birinchi “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi
/
O‘zbekistonda birinchi “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi