O‘zbekistonda avtokredit stavkalari 4% ga pasayishi mumkin

Bu tartib banklar avtokreditlar uchun chegirmani qabul qilgandan boshlab amalga oshiriladi

O‘zbekistonda avtokredit stavkalari 4% ga pasayishi mumkin

Avval xabar berilganidek, bugun 7-fevral kuni Prezident Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Ta’kidlanishicha, ko‘plab avtosalonlar avtomobil xaridi uchun pul to‘liq to‘lansa chegirma bermoqda. Lekin amaldagi qoidalarga ko‘ra, kreditga beriladigan avtomashina uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi. Vaholanki, banklarga chegirma qabul qilishga ruxsat berilsa, kredit stavkasi 4% ga arzonlashadi.

Bu cheklovni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligi ta’kidlandi.

Umuman, bu yil transport xizmatlari hajmini 15% ga oshirib, 185 trln so‘mga, eksportini $2,2 mlrdga olib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish uchun taksi agregatorlaridan biri 2 mingta avtomobil kreditiga kafil bo‘lib, 4 ming odamni ishli qilish taklifi bilan chiqqan.

Bunday loyihalarga banklar 1 trln so‘m kredit ajratishga tayyor.

Shuningdek, videoselektor davomida “Yevro-5” va undan yuqori ekologik talabga mos yuk avtomobillari yana 3-yilga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinishi belgilandi.

“Kapital.uz” avvalroq 1-maydan boshlab O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi haqida xabar bergandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlari standartlarga mos kelmaydi
/
O‘zbekistonda 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlari standartlarga mos kelmaydi
“Toshkent-Sharqiy” aeroportida biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal quriladi
/
“Toshkent-Sharqiy” aeroportida biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal quriladi
2026-yildan O‘zbekistonda davlat xaridlarida majburiy ekologik mezonlar qo‘llaniladi
/
2026-yildan O‘zbekistonda davlat xaridlarida majburiy ekologik mezonlar qo‘llaniladi