O’zbekistonda kelasi yildan avtobuslarda to‘lovlar naqd pulda olinmaydi

Ayrim bekatlarga infokiosklar o‘rnatilib, hozirda poytaxtda sinovdan o‘tkazilmoqda

O’zbekistonda kelasi yildan avtobuslarda to‘lovlar naqd pulda olinmaydi

Toshkent shahrida davom etayotgan “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi”ning 18-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Transport vaziri Ilhom Mahkamov kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligini keltirib o‘tdi.

“2025-yildan bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksariyat bekatlarga infokiosklar o‘rnatiladi va hozirda bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilyapti”,- dedi vazir.

Shuningdek, barcha avtobuslarga shu QR-kodlarni o‘qiy oladigan devayslar o‘rnatiladi va natijada konduktorlar ishlamaydi. 

Bundan tashqari, vazir poytaxtga tramvaylarni qaytarish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning ko‘ra, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda, ammo buning uchun moliyalashtirish va infratuzilma masalalarini ishlab chiqish zarurligini keltirib o‘tdi.

Shuningdek, Mahkamov yangi tramvayning yo‘nalishlari haqida berilgan savolga, unga loyiha boshlangandan keyin oydinlik kiritilishini qayd etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM