Endilikda tunda avtobus yo‘laklarida boshqa transportlar harakatlanishi mumkin bo‘ladi

Shuningdek, avtomobil yo‘llarida taʼmirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish ishlari faqat kechasi amalga oshiriladi

Endilikda tunda avtobus yo‘laklarida boshqa transportlar harakatlanishi mumkin bo‘ladi

1-sentabrdan harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda “radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumat qarori imzolangan kundan boshlab qator yengilliklar joriy qilinadi.

Xususan, soat 23:00 dan 06:00 ga qadar yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmalarda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berildi.

Avtobuslar harakati uchun ajratilgan, yaʼni “A” harfli tasmalarda boshqa transport vositalarining harakatlanishi hozirda taqiqlangan.

Soat 23:00 dan boshlab deyarli barcha avtobus yo‘nalishlari o‘z ishini tugatishini hisobga olib hamda qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida boshqa transport vositalarining tungi paytda, soat 6:00 ga qadar ushbu tasmalarda harakatlanishi mumkin bo‘ladi va bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi.

1-iyundan boshlab shaharlar avtomobil yo‘llarida taʼmirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oshirishga (dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan alohida holatlar bundan mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.

Taʼmirlash va yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari endi kunduzi emas, faqat kechasi — yo‘llardagi harakat kamaygan vaqtda amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda 1-iyundan radarlar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmasligi haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlar narxini pasaytirdi
/
“Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlar narxini pasaytirdi
O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda