O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi UzCars.uz saytini 2025-yilning eng yaxshi avtomobil ommaviy axborot vositasi deb topdi

2025-yilda UzCars.uz bozordagi asosiy voqealarni faol yoritib bordi

O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi UzCars.uz saytini 2025-yilning eng yaxshi avtomobil ommaviy axborot vositasi deb topdi

Avtomobil biznesi assotsiatsiyasining mukofoti tahririyatning soha jurnalistikasini rivojlantirish va mamlakat avtomobil bozorini xolis yoritishga qo‘shgan hissasining e’tirofi bo‘ldi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, UzCars.uz nashri O‘zbekistonning eng yaxshi avtomobil OAV sifatida mukofotni qo‘lga kiritdi. Qaror Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi tomonidan sohaning yillik sarhisobi doirasida e’lon qilindi.

Taqdirlash marosimi avtomobil ishlab chiqaruvchilar, rasmiy dilerlar, importchilar, moliya institutlari vakillari va soha mutaxassislarini birlashtirdi. Tadbir davomida yil davomida mamlakat avtomobil bozorini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va sohaning shaffofligini oshirishga hissa qo‘shgan kompaniyalar va mutaxassislar e’tirof etildi.

Tahririyat raqamli platformalardagi ishtirokini kengaytirishda davom etdi, videoreportajlar, intervyular va maxsus loyihalar formatini kuchaytirdi, bu esa auditoriya qamrovi va o‘quvchilarning faolligini oshirish imkonini berdi.

Olingan mukofot jamoaning tizimli ishini e’tirof etish va UzCars’ning O‘zbekiston avtomobil bozorining asosiy media-resurslaridan biri sifatidagi maqomini tasdiqlash bo‘ldi.

Oldinda yangi formatlar, hamkorlik loyihalari va mamlakat avtosanoati va avtobiznesi mavzusiga yanada chuqurroq kirib borish turibdi.

Telefon: +998 (77) 151-50-00

Telegram: @uzcars_connect

Instagram: @uzcars_uzb

YouTube: @uzcars_uzb

Hamkorlik materiali

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» «Federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi» AJ bilan uchrashuv o‘tkazdi
/
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» «Federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi» AJ bilan uchrashuv o‘tkazdi
Reklama shovqini davrida «Asl Baraka» brendi mahsulot haqida emas, qadriyatlar haqida so‘z ochmoqda
/
Reklama shovqini davrida «Asl Baraka» brendi mahsulot haqida emas, qadriyatlar haqida so‘z ochmoqda
Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida poyezd qatnovlari soni oshirildi
/
Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida poyezd qatnovlari soni oshirildi