“Avito” MDH bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, kompaniya IPOga chiqish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlagan

“Avito” MDH bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning “Avito” e’lonlar xizmati kapitalning ommaviy bozorlariga chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

2025-yil aprel oyida Rossiya qishloq xo‘jaligi banki boshqaruvidagi tuzilma “Avito”ning 50% lik ulushiga ega bo‘ldi. Bitimning moliyaviy tafsilotlari ma’lum qilinmadi. Ushbu bitim 2022-yilda boshlangan Kismet bilan hamkorlikning bir qismi bo‘lib, o‘shanda RQXB kompaniyani sotib olishda moliyalashtiruvchi tomon sifatida qatnashgan edi.

Kismet asoschisi Ivan Tavrinning ta’kidlashicha, har ikki tomon “Avito” jamoasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va uning bozor qiymatini oshirishga hissa qo‘shish niyatida, shu jumladan ommaviy bozorga chiqish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Xizmat Rossiyada 2007-yilda faoliyatini boshlagan. Saytda e’lonlarni ham oddiy foydalanuvchilar, ham biznes kompaniyalar joylashtirishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston rossiyaliklar may bayramlarini o‘tkazishni istaydigan eng yaxshi davlatlar qatoriga kirdi
/
O‘zbekiston rossiyaliklar may bayramlarini o‘tkazishni istaydigan eng yaxshi davlatlar qatoriga kirdi
BAA O‘zbekiston bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin
/
BAA O‘zbekiston bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin
O‘zbekistonda byudjet taqchilligi qisqarganiga qaramay davlat xarajatlari yuqori darajada qolmoqda — XVF
/
O‘zbekistonda byudjet taqchilligi qisqarganiga qaramay davlat xarajatlari yuqori darajada qolmoqda — XVF