Avgust oyida 80 dan ortiq kompaniya IT Park rezidentiga aylandi

Ularning 30 tasi chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi

Avgust oyida 80 dan ortiq kompaniya IT Park rezidentiga aylandi

2025-yil avgust oyida IT Parkka 82 ta yangi eksportga yo‘naltirilgan kompaniya, shu jumladan AQSH, Fransiya, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan 30 ta chet el kapitali korxona rezident sifatida qo‘shildi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi rezidentlar qatorida:

  • dasturiy ta’minot ishlab chiqish, texnik xizmat ko‘rsatish va maslahat berishga ixtisoslashgan 47 ta IT-kompaniya.;
  • 34 ta BPO/KPO xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya;
  • 1 ta o‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Xorijiy rezidentlar orasida xorijiy ko‘chmas mulk bozori uchun IT-xizmatlarini taqdim etadigan fransuz REALTYNA kompaniyasi (AQSH, Kanada va Fransiyaga yiliga $400 ming miqdorida eksport) hamda laboratoriya jarayonlarini raqamli boshqarish uchun LabsisPro yechimini taklif etuvchi turkiyalik ELLA IT kompaniyasi (Turkiya, Kanada va Ozarbayjonga yiliga $700 ming miqdorida eksport) alohida ajralib turadi.

Birinchi yil yakuniga ko‘ra, yangi rezidentlar 1,5 mingdan ortiq ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda, umumiy eksport hajmi esa $12,3 mlnga baholanmoqda. Umuman olganda, IT Parkdagi xorijiy rezidentlar soni 800 taga, eksportchi kompaniyalar soni esa 750 taga yetdi. Ularda 17,6 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
/
Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Toshkentda karshering va veloshering xizmatlari paydo bo‘ladi
/
Toshkentda karshering va veloshering xizmatlari paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng o‘sa boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng o‘sa boshladi