ILMA “Asterium” kompniyasiga kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya berdi

Avvalroq kompaniya kripto-do‘kon sifatida ishlash uchun litsenziya olgan edi

ILMA “Asterium” kompniyasiga kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya berdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) “ASTERIUM” kompaniyasiga kripto-depozitariy faoliyatini yuritish uchun litsenziya berdi.

12-mart kuni mazkur kompaniya kripto-do‘kon sifatida faoliyat yuritish uchun ham ruxsat olgandi

Kripto-depozitariyni litsenziyalash to‘g‘risidagi qaror kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni litsenziyalash tartibi haqidagi nizomga muvofiq qabul qilindi.

Kripto-do‘kon litsenziyasi haqidagi ma’lumotlar elektron reyestrga kiritilgan bo‘lib, agentlikning rasmiy veb-saytida ko‘rish mumkin.

“ASTERIUM”  kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan beshinchi kompaniya bo‘ldi.

Kompaniya 2022-yil 15-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va asoschisi Sultonov Komilxo‘ja Abdukarimovich hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi