“Asia-Invest Bank” Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushishi mumkin

Bundan tashqari, yana 15 Rossiya banklari faoliyati cheklanishi aytilmoqda

“Asia-Invest Bank” Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushishi mumkin

“Sistema” kanali xabar berishicha, 16 ta Rossiya banklari qatorida “Asia-Invest Bank” ham Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritiladi. 

Dastlab, “Sistema” kanali sanksiyalarda bankning “Zolotoya Korono” bilan bog‘liqligi sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi. 

Biroq, keyinroq  “Sistema” kanali ushbu bog‘liqlik noto‘g‘ri ekanini tan oldi va o‘z xabarini to‘g‘riladi. Shunga qaramay, “Asia-Invest Bank” ro‘yxatdan olib tashlanmagan, ya’ni u hamon sanksiyaga tushishi kutilmoqda.

Xususan, sanksiyaga tushadigan banklar ro‘yxatida “Asia-Invest Bank” dan tashqari quyidagilar ham mavjud:

  • “Ak Bars” banki (Rossiyada islom banki bo‘yicha tajribaning birinchi ishtirokchisi);
  • “Bank Uralsib”;
  • “Tochka” banki;
  • “Milliy zaxira banki”;
  • “Roseksimbank”;
  • “Ekspobank” (ilgari Britaniyaning HSBC kompaniyasining Rossiyadagi bo‘linmasini sotib olgan);
  • “Sinara” banki;
  • “Primsotsbank”’
  • “BBR bank”;
  • “Moskommersbank”;
  • “Osiyo-Tinch okeani banki” (Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev oilasi bilan bog‘langan);
  • “Kuznetskbiznesbank”;
  • “Mir Biznes bank” (Eron bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshiradi, Eron hukumatiga tegishli);
  • “Kuban Kredit” banki.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi