Yevropaning ASEE kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kiradi

PLATMA texnologik platformasi IT-holding mahsulotlarini joriy etish bo‘yicha eksklyuziv huquq oldi

Yevropaning ASEE kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kiradi

Asseco South Eastern Europe (ASEE) IT-holdingi texnologik platforma PLATMA bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi. Bu haqida 13 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan “Kelajak banklari” konferensiyasida e’lon qilindi.

Kelishuvga ko‘ra, PLATMA O‘zbekistonda ASEE mahsulotlarini taqdim etish va joriy etish bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega bo‘ladi. Tomonlar bank sektori va yirik korporativ mijozlar uchun yangi texnologik yechimlar ustida qo‘shma ish boshlanishini ma’lum qildi. E’tibor xavfsizlikning xalqaro standartlariga va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga qaratiladi.

ASEE — aksiyalari Varshava fond birjasi va NASDAQda muomalada bo‘lgan Asseco Group xalqaro IT-holdingining tarkibiy qismi. 2024 yil yakunlariga ko‘ra, guruhning aylanmasi 4 mlrd yevrodan oshgan. Holding 24 ta davlatda faoliyat yuritadi va 4,2 mingdan ortiq xodimga ega.

Konferensiya doirasida, shuningdek, SQB Ventures akseleratori ishga tushirilgani ham e’lon qilindi. Bundan tashqari, TBC Bank bosh direktori Spartak Tetrashvili shaxsiy bank xizmatlari uchun ishlab chiqilgan “Lola” — AI-assistent loyihasini taqdim etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi