Asakabank Yakkasaroydagi binosi auksionga qo‘yildi

Arizalar 27-yanvarga qadar qabul qilinadi

Asakabank Yakkasaroydagi binosi auksionga qo‘yildi

Asakabank Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasida joylashgan bank binosini auksion orqali sotuvga qo‘ydi. 

Ushbu binoda avval bankning Avtotransport filiali, bank bosh ofisining bir nechta bo‘linmasi faoliyat yuritgan.

Lotning boshlang’ich narxi (QQS bilan) 178,7 mlrd so‘mni, garov miqdori esa 1,7 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Birinchi qadam bahosi 9,9 milliard so‘mdan ortiqroq.

Auksion savdolari oshirib borish usuli bilan amalga oshirladi. e-auksion platformasi orqali arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 27-yanvarga 9:00 ga qadar belgilangan. Shundan so‘ng, savdo jarayonlari boshlanadi. 

Sotuvga qo‘yilgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,09 gektar, binoning umumiy maydoni esa 7,7 ming kvadrat metrdan iborat. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Urganch — Xiva pulli yo‘lidan kuniga 1,7 mingga yaqin avtomobil foydalanmoqda
/
Urganch — Xiva pulli yo‘lidan kuniga 1,7 mingga yaqin avtomobil foydalanmoqda
Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan Buxoroda turizmni rivojlantirishni muhokama qildi
/
Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan Buxoroda turizmni rivojlantirishni muhokama qildi
O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni bir yilda 19% ga oshdi
/
O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni bir yilda 19% ga oshdi