“Avtooyna” va “Uz-Koram Co” kompaniyalarini xususiylashtirish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Qaror ko'plab potentsial investorlarning murojaatlari tufayli qabul qilindi

“Avtooyna” va “Uz-Koram Co” kompaniyalarini xususiylashtirish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) “Avtooyna” va “Uz-Koram Co” kompaniyalarini xususiylashtirish uchun arizalarni qabul qilish muddatini uzaytirdi. 

Qaror “Portfolio Investments” xususiylashtirish bo’yicha maslahatchisining tavsiyalari asosida qabul qilingan ko’plab potentsial investorlarning murojaatlari bilan bog’liq. 

Ushbu muddatlarning uzaytirilishi investorlarga davlat aktivlari bilan yaqindan tanishish, kerakli hujjatlarni tayyorlash va savdo jarayonlarini yanada shaffof va raqobatbardosh muhitda o’tkazish imkonini beradi. 

Qiziqish bildirish uchun arizalar munir.yakubov@piamg.uz manzilida qabul qilinadi yangi ariza topshirish muddati — 4 sentyabr.

Eslatib o’tamiz, iyul oyi o’rtalarida davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Avtooyna” va “Uz-Koram Co” kompaniyalarini xususiylashtirish boshlanganini e’lon qilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi