O‘zbekistonda 2026-yildan AQSH kompaniyalariga sarmoya kiritish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi

Fuqarolar va tadbirkorlar AQSHdagi kompaniyalar filiallariga mahalliy banklar orqali mablag‘ o‘tkazishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 2026-yildan AQSH kompaniyalariga sarmoya kiritish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi

2026-yildan boshlab O‘zbekistonda AQSH kompaniyalariga sarmoya kiritish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi. Bu Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 12-dekabrdagi qaroridan kelib chiqadi.

Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritilib, 6−1-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirildi.

AQSHdagi xorijiy korxonalarning ustav fondini shakllantirish (yoki kapitalda ishtirok etish) uchun investitsiya faoliyati bo‘yicha rezidentlar operatsiyalari — O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi rezidentlar hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish, AQSHdagi filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish rezidentlar hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi, — deyiladi hujjatda.

Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrifidan so‘ng Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlar va investitsiyalar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Hujjatga ko‘ra, 2026 yildan boshlab rezidentlarning AQSHga investitsiya kiritish bo‘yicha operatsiyalari — xususan, xorijiy kompaniyalarning ustav fondlarini shakllantirish va filiallarda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun O‘zbekiston banklaridagi hisobvaraqlardan pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlar olib tashlanadi.

Prezident Markaziy bankka bir oy muddatda qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank noyabrda 4 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi
/
Markaziy bank noyabrda 4 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi
2025-yilda O‘zbekiston transport sohasiga kiritilgan investitsiyalar 25,8 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekiston transport sohasiga kiritilgan investitsiyalar 25,8 trln so‘mga yetdi
Buyuk Britaniya to‘rtta o‘zbekistonlik kompaniyaga sanksiya kiritdi
/
Buyuk Britaniya to‘rtta o‘zbekistonlik kompaniyaga sanksiya kiritdi