AQSH davlat qarzi tarixda ilk bor $37 trlnga yetdi

Prognozlarga ko‘ra, 2026-yil fevralida qarz yana qariyb $1 trlnga ortishi mumkin

AQSH davlat qarzi tarixda ilk bor $37 trlnga yetdi

AQSH davlat qarzi tarixda ilk bor $37 trlnga yetdi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik davlat qarzi dinamikasini aks ettiruvchi diagrammani yangiladi. Grafikda ko‘rsatilishicha, tashqi qarz hajmi rekord darajadagi $37 trlnga chiqdi. Avvalgi rekord 2024-yil noyabrida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakat qarzi $36 trlndan oshgandi.

AQSH Kongressining Qo‘shma iqtisodiy qo‘mitasi 2026-yil fevralida qarz yana qariyb $1 trlnga ortishini kutmoqda. Amerika davlat qarzi nominal qiymati bo‘yicha dunyodagi eng yirik qarz hisoblanadi. Prezident Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida davlat qarzini kamaytirishga va’da bergandi.

O‘shanda u buni kriptovalyutalar yordamida amalga oshirishni taklif qilgan. Siyosatchi inauguratsiyadan oldin demokratlarni davlat qarzi chegarasini bekor qilgani uchun tanqid qilgan bo‘lsa-da, iyun oyida iqtisodiy inqirozning oldini olish uchun bu cheklovni butunlay bekor qilish tarafdori ekanini aytgan.

Keyinroq kongress Trampning davlat qarzi chegarasini $4 trlnga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi
/
O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi
O‘zbekistonda dollardan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda dollardan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
1-oktabrdan Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda
/
1-oktabrdan Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda