O‘zbekistonda 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Xususan, elektr energiya va gaz tariflari oshiriladi

Фото: Kapital.uz
O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan kuchga kiradigan o‘zgarishlar haqida Norma.uz material tayyorladi.
Mamlakatda elektr energiya va gaz tariflari oshiriladi
O‘tgan yilda yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlangan. Qaror bilan 2025-yilning 1-aprelidan e’tiboran bosqichma-bosqich o‘zgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda.
Xususan, kelasi yilning aprelidan elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhiga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz — 1 kVt/soat uchun 1 000 so‘mdan yetkazib beriladi.
Maishiy iste’molchilar uchunuchun quyidagicha belgilanmoqda:
- oyiga 200 kVt/soatgacha — 600 so‘m;
- oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt·soatgacha — 1 000 so‘m;
- oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt·soatgacha — 1 500 so‘m;
- oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt·soatgacha — 1 750 so‘m;
- oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori — 2 000 so‘mdan.
Barcha tabiiy gaz iste’molchilar uchun to‘lov miqdori bir kubometr uchun 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.
AGTKShlar uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 800 so‘mdan to‘lashadi.
Iste’molchilar mart-oktabr oylaridagi bir oylik iste’mol uchun esa quyidagicha haq to‘lanadi:
- oyiga 100 kub metrgacha — 1 000 so‘m;
- oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha — 1 800 so‘m;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha — 2 100 so‘m;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha — 2 500 so‘m;
- oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so‘mdan.
Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 2 000 so‘m bo‘ladi.
Soliq qonunbuzarliklari uchun javobgarlikka tortish tartibi o‘zgarmoqda
Agar soliq organlari nazoratidagi korxonalarda yoki biriktirilgan mahallalarda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlarida qonunbuzarlik aniqlasa, birinchi marta ogohlantirish beriladi. Agar qonunbuzarlik uch kun ichida bartaraf etilmasa yoki takrorlansa, bu sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Bunday tekshiruvlar faqat 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-sonli qarorning 4-ilovasida ko‘rsatilgan qonunbuzarliklar bo‘yicha o‘tkaziladi. Tekshiruv alohida ruxsatnomasiz o‘tkazilishi mumkin, biroq u boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida «Yagona davlat nazorati» tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qaror tuzilgan dalolatnoma asosida qabul qilinadi.
QQSni qaytarishning yangi tartibi joriy etilmoqda
2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari har oyning 25-sanasigacha to‘langan QQSning 50% ini qaytarib olishlari mumkin. Bu qoida tushumining kamida 90%i go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum sotishdan tushgan korxonalarga taalluqlidir.
Dori vositalarining narxi o‘zgartirildi
Endilikda cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalari uchun belgilanadi, bunda mahalliy va import dori vositalariga referent narxlar tizimi o‘zgarishsiz qoladi.
Ayrim subyektlar uchun ijtimoiy soliq va JSHDS kamaytirilmoqda
2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha yangi qishloq xo‘jaligi kooperativlari va dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi kooperativlar uchun ijtimoiy soliq 1% gacha pasaytirildi. Ushbu kooperativlarga yollangan xodimlar uchun ham jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i xuddi shunday imtiyozli qilib belgilangan.
Farmatsevtika va tibbiy xizmatlar QQSga tortiladi
Endilikda farmatsevtika mahsulotlarini sotish yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar daromadlari darajasidan qat’i nazar QQS to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Eksklyuziv huquqlarni taqdim etish mexanizmi o‘zgarmoqda
Endi bunday huquqlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar faqat qonunlar, prezident farmonlari va qarorlari asosida va ko‘pi bilan uch yilga olishi mumkin.
Ular faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, mamlakatning mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun beriladi.
«Yashil tariflar» joriy etilmoqda
Imtiyozli tariflar chiqindilarni utilizatsiya qilish orqali olingan elektr energiyasi, biogaz, shamol va quyosh qurilmalarida ishlab chiqarilgan energiya uchun amal qiladi.
Ular quyidagilarga tegishli:
- chiqindilar va biogazdan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanayotgan tadbirkorlarga, o‘z hududlarida quyosh va shamol elektr stansiyalarini o‘rnatayotgan kompaniya va tashkilotlarga;
- agar energiya quyosh panellaridan olingan bo‘lsa, aholiga ham taalluqli, bunda ortiqcha energiyani davlatga sotish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
«Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi bo‘yicha abonent to‘lovini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi
2025-yil 1-apreldan boshlab «Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi doirasida abonent to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar berish to‘xtatiladi. Avvalroq E-mehmon avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimiga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari olti oylik boshlang‘ich abonent to‘lovini to‘lashdan ozod qilingan edi.
Ayrim hujjatlarning qog‘oz shakli bekor qilinmoqda
Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik va o‘quvchilik guvohnomalari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarning guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi.
Yagona yetkazib beruvchilar reyestrga DXM va YaIDXP orqali kiritiladi
Endilikda yuridik va jismoniy shaxslar uchun arizalarni qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP platformasi orqali amalga oshiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ