«Apple» Qozog’istonda o’z ofisini ochishi mumkin

Vaziflik kompaniya bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar berdi

«Apple» Qozog’istonda o’z ofisini ochishi mumkin

Qozog’iston «Apple» kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi murojaatiga tayanib Tengrinews.kz xabar beradi.

Muzokaralar «Apple» kompaniyasining mamlakatdagi rasmiy ofisining ochilishi bilan bog’liq. Tahririyatning rasmiy so’roviga javoban vazirlik kompaniyaning rasmiy vakolatxonasini ochish bo’yicha muzokaralar olib borayotgani qayd etildi.

«Apple» ofisini ochish imkoniyati joriy yilning 23 yanvar kuni Olmaotada sodir bo’lgan zilziladan sababli bo’lishi mumkin, zilzika vaqtida iPhone foydalanuvchilari mobil qurilmalariga hech qanday ogohlantirish olmagan.

Agar ofis ochilsa, bu Markaziy Osiyoda birinchi bo’ladi. 2021 yilda «Apple» kompaniyasining O’zbekistondagi rasmiy ofislarini ochish ham rejalashtirilgan edi, ammo o’shandan beri bu haqda hech qanday ma’lumot berilmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Afg‘oniston $520 mlnlik savdo bitimlarini imzoladi
/
O‘zbekiston va Afg‘oniston $520 mlnlik savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekiston Henley & Partners pasport reytingida 74-o‘ringa ko‘tarildi
/
O‘zbekiston Henley & Partners pasport reytingida 74-o‘ringa ko‘tarildi
Xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yosh san’atkorlar pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi
/
Xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yosh san’atkorlar pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi