Anor Bank aksiyalarining 50%i niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tdi

Shu tariqa asosiy aksiyador bo'lgan Qahramonjon Olimovning ulushi 49,38% gacha qisqardi

Anor Bank aksiyalarining 50%i niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tdi

Qahramonjon Olimov Anor Bank ustav kapitalidagi ulushini 99,38% dan 49,38% gacha kamaytirdi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portali ma’lumotlarida qayd etilgan.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, avval Olimovga tegishli bo‘lgan aksiyalarning 50%i Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Bekamin B.V. kompaniyasi tasarrufiga o‘tdi.

2025-yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Anor Bank Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi reytingida O‘zbekistondagi eng faol moliya institutlari orasida oltinchi o‘rinni egalladi va avvalgi davrga nisbatan bir pog‘onaga pastladi. Oktabr boshiga kelib bankning sof foydasi 235,9 mlrd so‘mni, jami aktivlari esa 13,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Qahramonjon Olimov 1977-yilda tug‘ilgan. U 1999-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2012-yilda esa Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabida MBA darajasini olgan.

Avvalroq Fransiyaning Le Monde gazetasi 2025-yil yozida Olimov Parijda o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Nitssa yaqinidagi villada zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan, qiynoqqa solingan va 10 mln dollar tovon puli talab qilingan, qisman to‘lovdan so‘ng ozod etilgan.

Biroq keyinchalik The Insider va L’Express nashrlari qo‘shma surishtiruvida ushbu voqea sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Jurnalistlar “o‘g‘irlash” qarz majburiyatlaridan qochish uchun uyushtirilgan bo‘lishi ehtimolini ilgari surdi. Surishtiruvda ko‘rsatmalardagi nomuvofiqliklar, “o‘g‘irlovchi” bilan yozishmalarning do‘stona ohangi va “ozodlikdan so‘ng” yo‘l chiptasining ayblanuvchi haydovchisi kartasi orqali to‘langani keltirildi. OAV taxminiga ko‘ra, sahnalashtirishdan maqsad aktivlarni legallashtirish va siyosiy boshpana olish bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
/
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Ulush kiritish asosidagi qurilishni tartibga solish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi
/
Ulush kiritish asosidagi qurilishni tartibga solish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarilmoqda