Saida Mirziyoyeva Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi etib tayinlandi

Endilikda ikki mamlakat investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim ustida ish olib borishni boshlaydi

Saida Mirziyoyeva Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi etib tayinlandi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida qo‘shma Ishbilarmonlik va Investitsiya Kengashi tuzildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etildi. Kengashni tuzish bo‘yicha kelishuv 4–6 noyabr kunlari AQShda bo‘lib o‘tgan “C5+1” sammiti doirasida erishilgan edi.

Kengashning o‘zbek tomonidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, amerika tomonidan esa AQSh Prezidenti vakili hammraisi etib tayinlandi.

Kengashning maqsadi

Hujjatda kengashning asosiy maqsadi sifatida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo, investitsiya va tijorat aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash belgilangan.

Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari:

  • strategik biznes tashabbuslari va yirik investitsion hamda savdo loyihalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, ularning amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish;
  • O‘zbekistonga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish maqsadida maxsus investitsiya jamg‘armasi tashkil etish;
  • ushbu jarayonda asosiy investor sifatida Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC), shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) kabi moliya institutlarini jalb etish;
  • o‘zaro bojxona tariflarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish;
  • O‘zbekiston IT-park rezidentlari ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlarni xalqaro bozorlarda ilgari surish;
  • mamlakatning investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shu jumladan Markaziy bankning valyuta zaxiralari va boshqa aktivlarining bir qismini foydaliroq yo‘nalishlarga, jumladan AQShdagi aktivlarga yo‘naltirish.

AQShdagi Prezident Administratsiyasi vakili

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tarkibida Prezident Administratsiyasi vakili — maslahatchi-elchi lavozimi joriy etiladi. Bu tashabbus tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini samarali muvofiqlashtirishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda AQSh hududida qo‘shimcha konsulliklar ochish masalasini ishlab chiqadi. Konsulliklar joylashuvi Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl kabi yirik shaharlardagi o‘zbek diasporalari zichligi va iqtisodiy markazlarga yaqinlikdan kelib chiqib belgilanadi.

AQShda investitsion operatsiyalar uchun yangi tartib

2026-yil yanvaridan boshlab O‘zbekiston rezidentlari AQShdagi sho‘ba korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularga aylanma mablag‘ yuborish kabi investitsion operatsiyalarni cheklovlarsiz, ya’ni o‘z hisoblaridagi mablag‘lar doirasida amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank mamlakatning valyuta zaxiralari va investitsiya aktivlari tuzilmasini takomillashtirish, ularni yuqori daromadli va likvid aktivlarga, shu jumladan AQShdagi aktivlarga yo‘naltirish bo‘yicha kengashga takliflar kiritadi.

Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda AQSh tomoni bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda AYOQSh tarmog‘i va aviatsiya sohasiga $200 mln investitsiya kiritadi
/
Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda AYOQSh tarmog‘i va aviatsiya sohasiga $200 mln investitsiya kiritadi
O‘zbekistonda Magnus Fusion 212 samolyotlarini ishlab chiqarilishi mumkin
/
O‘zbekistonda Magnus Fusion 212 samolyotlarini ishlab chiqarilishi mumkin
O‘zbekiston va AQSh investitsiya platformasini yaratish haqida bitim imzoladi
/
O‘zbekiston va AQSh investitsiya platformasini yaratish haqida bitim imzoladi