Alisher Usmonov Rossiyaning eng boy odamlari reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi
Forbes Russia uning boyligini $16,7 mlrdga baholagan

Фото: «РИА Новости»
Milliarder Alisher Usmonov 2025-yilda Rossiyaning eng boy odamlari reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Forbes Russia xabar qilmoqda.
Jami 146 nafar jurnalist qatorida Usmonovning boyligini $16,7 mlrdga baholangan. Yil davomida uning boyligi $3,3 mlrdga oshgan.
Birinchi o‘ringa Forbes rossiyalik neft magnati Vagit Alekperovni $28,7 mlrd boyligi bilan joylashtirdi. Keyingi o‘rinlarda Aleksey Mordashov va Leonid Mixelson — mos ravishda $28,6 mlrd va $28,4 mlrd bilan egallagan.
Nashr reytingni tuzishda milliarderlarning aktivlari va shaxsiy mulklari qiymati kabi mezonlarni hisobga oladi. Ularga tegishli kompaniyalar ularning kapitallashuvi bilan baholanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ