ISSV va Alibaba Group O‘zbekistonning 100 ta kompaniyasi uchun yangi dasturni ishga tushirmoqda
Alibaba Export Accelerator – Uzbekistan dasturida mahsulotlar marketing platformalari orqali bevosita sotiladi

Фото: Inc.
Xanjouda ISSV delegatsiyasi va Alibaba Group vakillari bilan hamkorlikda 100 ta o‘zbek kompaniyasi uchun Alibaba Export Accelerator – Uzbekistan dasturini ishga tushiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilmoqda.
Shuningdek, mahsulotlarni Aliexpress, Tmall va Taobao marketing platformalari orqali bevosita sotishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olingan.
Bundan tashqari, JD.com bilan “Made in Uzbekistan” onlayn pavilyonini yaratish va mahsulotlarni Xitoydagi logistika xablar orqali B2B2C formatida yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tashrif doirasida delegatsiya SHHT elektron savdo bo‘yicha ishchi guruhining 8-yig‘ilishida ishtirok etdi. O‘zbekiston tomoni raqamli transformatsiyani chuqurlashtirish, elektron maydonchalar orqali eksport salohiyatini oshirish, mintaqaviy hamkorlik asosida inklyuziv o‘sishni rivojlantirish va boshqa tashabbuslarni ilgari surdi. Takliflar SHHTga a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ