“Akfa” kompaniyasi AQSHda alyuminiy mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshladi

Zavodga umumiy hisobda $600 mln, birinchi yilda esa $105 mln investitsiya jalb qilinmoqda

“Akfa” kompaniyasi AQSHda alyuminiy mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshladi

“Akfa Group” turk kompaniyasi bilan hamkorlikda AQShning Kentukki shtatida yirik ishlab chiqarish majmuasini qurishni boshladi. Bu haqda guruh asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev “O‘zbekiston 24” telekanalining “Menimcha” ko‘rsatuviga intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi zavodda alyuminiy mahsulotlari, avtomobil butlovchi qismlari, quyosh batareyalari va derazalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

Bu yerda alyuminiy mahsulotlari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, quyosh panellariga ehtiyot qismlar, oynalarga ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan fabrikani boshladik. Xudo xohlasa, birinchi yili $105 mln investitsiya jalb qilinmoqda. Undan tashqari, umumiy $600 mlnlik investitsiya jalb qilinmoqda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi fabrika uchun, — deydi tadbirkor.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018—2023-yillarda Toshkent shahri hokimi lavozimida ishlagan. Hozirda O’zgazloyiha, “J-United Group”, “Ekzotella”, “Akfa Logistics”, “Tourism And Entertainment Group”, “Akfa Engineering And Management”, “Greensun Element Group”, “Akfa Dream World”, “Artel Electronics”, “Build Infinity”, “Akfa Accessories”, “Primary Enterprise”, “High Level Investment”, “Infinity Confidence”, “Akfa Aluminium”, “Dreams Island”, “Adw-International Congress Hall”, “Osten Technologies”, Jahon School Maktabi va boshqa kompaniyalar asoschisi sifatida qayd etilgan. Ushbu MCHJlarning ba’zilari boshqa kompaniyalarga ega.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi