Air Samarkand xodimlarga maoshlar kechiktirilganini tasdiqladi

Aviakompaniya to‘lovlarning kechikishini kutilmagan xarajatlar bilan izohladi va qarzni yaqin kunlarda to‘lashga va’da berdi

Air Samarkand xodimlarga maoshlar kechiktirilganini tasdiqladi

Air Samarkand aviakompaniyasi xodimlarga ish haqi kechikayotgani haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Aviakompaniya xodimlari, jumladan, 50 ga yaqin rossiyalik fuqarolar, uch oy davomida – iyun oyidan beri – maosh olmaganini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, ayrimlari hatto uy-joy ijarasi va oziq-ovqat uchun mablag‘ ajratilmagani sababli ishdan bo‘shashga majbur bo‘lgan.

Kompaniya «moliyaviy qiyinchiliklar» borligini tan olib, qarzdorlikni «eng qisqa muddatda bartaraf etishga» va’da berdi. Air Samarkandga ko‘ra, kechikishlar 2025-yil bahor va yoz oylarida samolyotlarga kutilmagan texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari bilan bog‘liq.

Rahbariyat vaziyatni barqarorlashtirish va to‘lov majburiyatlarini bajarish uchun investorlar hamda hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ayni paytda barcha samolyotlar zarur texnik xizmatdan o‘tgan va odatdagi rejimda ishlamoqda.

Air Samarkandda qayd etilishicha, ish haqi bo‘yicha majburiyatlar barcha xodimlarga – ularning fuqaroligi, lavozimi yoki ish stajidan qat’i nazar – teng ravishda bajariladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank uchta yangi mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank uchta yangi mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi
O‘zbekistonga 11 oyda 10,7 mln nafar chet ellik turist tashrif buyurdi
/
O‘zbekistonga 11 oyda 10,7 mln nafar chet ellik turist tashrif buyurdi
O‘zbekistonda ijtimoiy kartalarni chiqarish huquqiga ega banklar soni kengaytiriladi
/
O‘zbekistonda ijtimoiy kartalarni chiqarish huquqiga ega banklar soni kengaytiriladi