«Biz O‘zbekistonda mintaqaning fintech sohasidagi eng ilg‘or sun’iy intellekt steklaridan birini yaratmoqdamiz» — Oliver Xyuz

TBC Bank Group xalqaro biznes rahbari Oliver Xyuz TBC’ning ichki sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratishga tizimli yondashuvi haqida ma’lumot berdi

«Biz O‘zbekistonda mintaqaning fintech sohasidagi eng ilg‘or sun’iy intellekt steklaridan birini yaratmoqdamiz» — Oliver Xyuz

Bugun kongress-markazda bo‘lib o‘tgan Xalqaro sun’iy intellekt forumida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha kuchli ekotizim yaratish borasidagi rejalari bilan bo‘lishdi.

Xususiy sektor vakillari ham soha rivojiga qo‘shayotgan hissalari haqida to‘xtalib o‘tishdi. TBC Bank Group’ning xalqaro biznes bo‘yicha rahbari Oliver Xyuz bankning ichki sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratishdagi tizimli yondashuv — quvvatlarni oshirishdan tortib, SpeechTech va katta til modellari (LLM) asosida o‘z yechimlarini ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayon haqida so‘zlab berdi. Bank o‘z hisoblash quvvatlarini Raqamli texnologiyalar vazirligidan ijaraga olingan GPU’lar bilan birlashtirib, SI texnologiyalarini rivojlantirmoqda. 2025-yil noyabr oyida TBC Uzbekistan texnologik bazasini yangi GPU’lar bilan kengaytirdi.

Biz Markaziy Osiyodagi fintex sohasida eng ilg‘or SI-texnologiyalaridan birini yaratmoqdamiz — va bu allaqachon o‘z natijalarini bermoqda. Bizning sun’iy intellekt xizmatlarimiz oyiga 100 mingdan ortiq mijoz so‘rovlarini qayta ishlaydi, avtomatlashtirilgan eslatmalar 90%dan oshadi. Yangi resurslar bizga mijozlar uchun ovozli yordamchini ishga tushirish va allaqachon samarali ishlayotgan xizmatlarni kengaytirish imkonini beradi. Texnologik bazani kengaytirish bilan biz o‘zbek va rus tillaridagi sun’iy intellekt modellari o‘qitilishini tezlashtira olamiz va platformaning barqarorligini oshiramiz, — dedi Oliver Xyuz.

Sentyabr oyida TBC Uzbekistan sun’iy intellekt sohasiga doir TBC Taks. AI Edition konferensiyasini o‘tkazdi. Unda TBCda o‘zbek va rus tillarida sun’iy intellekt agentlarini yaratishning to‘liq jarayoni qanday shakllantirilayotgani haqida so‘z borgan edi. Ushbu texnologiyalar allaqachon sotuvni rivojlantirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va to‘lovlar bo‘yicha eslatmalar yuborish kabi bank xizmatlarida qo‘llanilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Bank omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirdi
/
Uzum Bank omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirdi
AVO bank talabalarga va bitiruvchilarga kasbga birinchi qadamni qo‘yishda ko‘maklashadi
/
AVO bank talabalarga va bitiruvchilarga kasbga birinchi qadamni qo‘yishda ko‘maklashadi
Islomiy me’yorlarga rioya qilgan holda moliyaviy farovonlikka qanday erishish mumkin
/
Islomiy me’yorlarga rioya qilgan holda moliyaviy farovonlikka qanday erishish mumkin