O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraligacha davom etadi, ro‘yxatga oluvchilarga 1,9 mln so‘m miqdorida bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish tadbiriga “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha bo‘lgan davrda jalb etiladi. Bunda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi barcha maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, davlat nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida o‘qiyotgan talabalarning ushbu portalda ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mudofaa vazirligi. FVV, Milliy gvardiya, IIV, DXX, TIV, SSV va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 2025-yil 1-noyabrdan aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga olish ishlarini boshlaydi.

Ro‘yxatga oluvchi sifatida ishtirok etadigan “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar va boshqa jalb etiladigan xodimlar Jahon banki ishtirokida amalga oshirilyotgan O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravari (soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisobga olgan holda)miqdorida bir martalik rag‘batlantiriladi.

Rag‘batlantirish to‘lovlari tegishli vazirlik, idora va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining so‘rovnomasiga asosan Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Bunda Milliy statistika qo‘mitasi Respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

JICA investitsiyalari fonida Toshkent IEM elektr energiyaishlab chiqarishni oshirdi
/
JICA investitsiyalari fonida Toshkent IEM elektr energiyaishlab chiqarishni oshirdi
Navoiy va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasini saqlash majmualari barpo etiladi
/
Navoiy va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasini saqlash majmualari barpo etiladi
O‘zbekiston va JBIC $10 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshiradi
/
O‘zbekiston va JBIC $10 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshiradi