Gaz quyish shoxobchalarida “UGaz” tizimi ishga tushirildi

U avtomobillarning texnik ko‘rikdan o‘tgani, yonilg‘i turi mosligi yoki ballon ro‘yxatdan o‘tkazilgani kabilarni avtomatik tekshiradi

Gaz quyish shoxobchalarida “UGaz” tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda “Yagona integrator Uzinfocom” tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalaridagi (AGTKSH) jarayonni real vaqt rejimida qayd etib boradigan “UGaz” tizimi joriy etildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Tizimni o‘rnatish 2024-yilning 6-iyulida qabul qilingan “Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq AGTKSHlar orqali siqilgan gazni sotish uchun litsenziya olish talablaridan biri etib belgilangan.

Ta’kidlanishicha, “UGaz” tizimi har bir gaz quyish shoxobchasida jarayonni real vaqt rejimida qayd etish bilan birga:

  • qo‘lda hisob-kitob olib borish zaruratini kamaytiradi;
  • noqonuniy holatlarning oldini oladi;
  • jarayon shaffofligini ta’minlaydi;
  • iste’molchilar uchun xavfsizlik darajasini oshiradi.

Avtomobil GQSHga kirgan vaqtda uning texnik ko‘rikdan o‘tgani avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar texnik ko‘rik muddati tugagan bo‘lsa, tizim operatorga xabar beradi. Shuningdek, yonilg‘i turi mos kelmagan yoki ballon ro‘yxatdan o‘tkazilmagan taqdirda, tizim operatorni shu joyning o‘zida ogohlantiradi. Bu orqali AGTSHK, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Tizim orqali GQSH qabul qilib olayotgan gaz hajmlarining aniq hisob-kitobi yuritiladi. Bu esa GQSHlarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi va gaz sotish jarayonlarining shaffofligini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, AGTKSHlardagi har bir gaz to‘ldirish kolonkasi va undagi xodim faoliyati onlayn nazorat qilinadi. AGTKSH xodimlarining barcha xizmat ko‘rsatish jarayonlari manfaatdor vazirlik va idoralar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Elektron hukumat tizimlari, “Energonazorat” platformasi va OneID) bilan integratsiya qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda ipoteka subsidiyalari miqdorini oshirish taklif qilindi
/
Toshkentda ipoteka subsidiyalari miqdorini oshirish taklif qilindi
Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bank chiqarildi
/
Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bank chiqarildi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshladi