“Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” ning litsenziyasi 6 oyga bekor qilindi

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi unga litsenziya talablariga to‘liq rioya etmaganligi yuzasidan sudga ariza bergan edi

“Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” ning litsenziyasi 6 oyga bekor qilindi

Sud qarori bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan  “Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJga birja faoliyati uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati olti oy muddatgacha to‘xtatildi. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qildi.  

Ma’lum bo‘lishicha, avvalroq Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJ tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan litsenziya talablariga to‘liq rioya etmaganligi sababli birja faoliyati uchun berilgan litsenziyani vaqtinchalik to‘xtatib turish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgan. 

Sud esa da’vo arizasini qanoatlantirgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”  gi Qonuniga muvofiq Raqobat qo‘mitasi tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli organ hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi