1-fevraldan Afrosiyob elektropoyezdlari chiptalari 15% ga oshiriladi

Narxlar oshishi texnik xizmat, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining ko‘payishi bilan izohlanmoqda

1-fevraldan Afrosiyob elektropoyezdlari chiptalari 15% ga oshiriladi

2026-yil 1-fevraldan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari 15% ga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tariflarning o‘sishi elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari, shuningdek elektr energiyasi hamda ekspluatatsiya bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning oshgani bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, narxlarni yangilashdan ko‘zlangan maqsad harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash, yo‘lovchilarga xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatish, temir yo‘l infratuzilmasini saqlash va modernizatsiya qilishdan iborat ekani ta’kidlandi.

Yangilangan tariflarga ko‘ra, 1-fevraldan chipta narxlari quyidagicha bo‘ladi:

  • Toshkent — Samarqand:
    VIP — 709 ming so‘m, Biznes — 455 ming so‘m, Ekonom — 311 ming so‘m
  • Toshkent — Qarshi:
    VIP — 976 ming so‘m, Biznes — 642 ming so‘m, Ekonom — 429 ming so‘m
  • Toshkent — Buxoro:
    VIP — 1,13 mln so‘m, Biznes — 760 ming so‘m, Ekonom — 509 ming so‘m

Shuningdek, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari uchun ham chipta narxlari 15% ga oshirilgani ma’lum qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi