O‘zbekiston Afg‘oniston energetika loyihalariga $250 mln sarmoya kiritadi

2027-yil boshigacha elektr uzatish liniyalarini qurish va podstansiyalarni modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Afg‘oniston energetika loyihalariga $250 mln sarmoya kiritadi

O‘zbekiston Afg‘onistonda $250 mlnlik elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar qurilishini moliyalashtiradi. Bu haqda Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv 6-sentabr kuni Afg‘oniston energetika sanoatiga sarmoya kiritish bo‘yicha birinchi konferensiya doirasida imzolandi. Marosimda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va “O‘zenergosotish” rahbarining birinchi o‘rinbosari Shohrux Qoraboyev ishtirok etdilar. Energetika vazirligi kelishuv qiymatini aniq ko‘rsatmadi.

Biroq, Da Afghanistan Breshna Sherkat ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar umumiy qiymati $250 mlnga baholangan loyihalar ustida ishlashni boshlashga kelishib olishgan. Ular orasida 500 kV kuchlanishli Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Dashti-Alvan va Argandi podstansiyalarini kengaytirish, shuningdek, 220 kV kuchlanishli liniyani Shayx Mesri podstansiyasigacha uzaytirish va modernizatsiya qilish ishlari bor.

Energetika vazirligi kelajakda boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilish rejalashtirilganini ta’kidladi. Bular Afg‘onistonda taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aqlli hisobga olish tizimlarini joriy etish va energiya ta’minoti ishonchliligini oshirishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston ilgari to‘rtta energetika loyihasini amalga oshirish uchun $243 mlnlik shartnomalar imzolagan edi. Bu loyihalar elektr uzatish liniyalari va podstansiyalarni qurishni nazarda tutadi, bu esa Afg‘onistonga O‘zbekistondan 1000 MVtgacha elektr energiyasini import qilish imkonini beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi