O‘zbekiston Afg‘oniston energetika loyihalariga $243 mln sarmoya kiritadi
Bu orqali respublikadan 1000 MVt gacha elektr energiyasini import qilish imkonini beradi

Фото: Ariana News
Afg‘oniston va O‘zbekiston elektr energetikasi infratuzilmasi sohasida umumiy qiymati $243 mln bo‘lgan to‘rtta yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu haqda Ariana News xabar bermoqda.
Imzolash marosimi Kobulda Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiy masalalar bo‘yicha mas’ul mulla Abdul G‘ani Barodar Oxund hamda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirokida o‘tkazildi.
Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) davlat energetika kompaniyasi va o‘zbek hamkorlari o‘rtasida imzolangan hujjatlarga ko‘ra, loyihalar 18 oy ichida yakunlanishi lozim. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi Afg‘onistonga O‘zbekistondan 800 megavattdan 1000 megavattgacha elektr energiyasini import qilish imkonini beradi.
Ro‘yxatga quyidagilar kiritilgan:
- 500 kV li “Surxon — Dashti Alvon” elektr uzatish tarmog‘ini qurish (quvvati 1000 MVt);
- “Argandi” podstansiyasini kengaytirish (quvvati 800 MVA);
- 220 kV li “Kobul — Shayx Mesri” elektr uzatish tarmog‘ini qurish (quvvati 800 MVt);
- Nangarhorda “Shayx Mesri” nimstansiyasini qurish (quvvati 126 MVA).
Rasmiy shaxslarning chiqishlarida ushbu loyihalar mintaqaning energetika integratsiyasi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Elektr energiyasi importi Afg‘onistonda sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ