Qozog’istonda AES qurilishi bo’yicha referendum bo’lib o’tdi

Tashabbusni saylovchilarning 71% qo'llab-quvvatladi, bu 5,5 mln kishini tashkil etadi

Qozog’istonda AES qurilishi bo’yicha referendum bo’lib o’tdi

Markaziy saylov komissiyasi Qozog’istonda atom elektr stansiyasini qurish bo’yicha respublika referendumining dastlabki natijalarini taqdim etdi. Bu haqda “Informburo” xabar bermoqda.

Ovoz berishda 7,8 mln kishi ishtirok etdi, bu ovoz berish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 63,66%ni tashkil etadi. Bu referendumni o’tkazilgan deb hisoblash imkonini beradi.

AES qurilishi uchun 5,5 mln fuqaro ovoz berdi, bu ovoz berish ishtirokchilarining 71,12%ni tashkil etadi, 2 mln kishi esa qarshi chiqdi.

130 ming byulleten haqiqiy emas deb topildi, ulardan 82 mingtasida ikkala javob ham belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yildan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi
/
2026-yildan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi
O‘zbekistonda suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari ilk bor 8,3 mln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari ilk bor 8,3 mln so‘mdan oshdi