O‘zbekiston AES qurilishiga Belarus ekspertlarini jalb etadi
Xorijiy mutaxassislar Jizzax viloyatida stansiya va ijtimoiy infratuzilma qurilishida yordam beradi
Фото: «Узатом»
O‘zbekiston delegatsiyasi bosh vazir o‘rinbosari Abdulla Ramatov boshchiligida Minskda Belarus hukumati vakillari bilan atom energetikasi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Minskda O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Belarus vitse-premyeri Viktor Karankevich o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar atom elektr stansiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha Belarus tajribasini, shuningdek, rivojlangan muhandislik va ijtimoiy infratuzilmaga ega Ostrovets shaharchasini muhokama qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus ekspertlarini mustaqil texnik maslahatchilar sifatida jalb etishni taklif qildi. Kutilishicha, ular AЭС loyihasini kuzatib boradi, shuningdek, Jizzax viloyatida energetiklar uchun maxsus shaharcha loyihasini ishlab chiqishda yordam beradi. Belarus tomoni ushbu yo‘nalishlarda ko‘maklashishga va o‘z tajribasi bilan bo‘lishishga rozi bo‘ldi. Muzokaralardan so‘ng hukumat delegatsiyasi amaliy obyektlarni ko‘zdan kechirish uchun Ostrovetsga yo‘l oldi.
Vitse-premyer Viktor Karankevich Belarusning tegishli qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari O‘zbekiston hududida ishlarda ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqladi. O‘z navbatida, Ochilboy Ramatov mamlakat ichida yadro loyihasi bo‘yicha tanqidchilar ko‘pligiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi 15 gigavattlik elektr energiyasi iste’moli darajasida mavjud quvvatlar yetarli, biroq kelajakda ularni kengaytirish zarur bo‘ladi.
O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari AЭС qurilishi uchun to‘liq moliyalashtirish mavjudligini va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev aynan Belarusdan yuqori malakali, neytral mutaxassislarni jalb qilishni topshirgan.
2025-yil avgust oyida Atom energetikasi agentligi rahbari Azim Axmedxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Minskka tashrif buyurib, Belarusni asosiy hamkorlardan biri sifatida ko‘rsatgan edi. Belarus tomoni ham qurilishda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga texnologiyalarni joriy etishda har tomonlama yordam berishga va’da bergan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ