Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi

Loyihani Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreyadan iborat xalqaro konsorsium amalga oshiradi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi

Toshkent viloyatida yangi xalqaro aviatsiya markazi qurilishi boshlanganini Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Mazkur loyiha mamlakat iqtisodiyotiga $27 mlrddan ortiq daromad keltirishi prognoz qilinmoqda.

So‘nggi sakkiz yil ichida poytaxt aeroporti orqali o‘tuvchi yo‘lovchilar soni uch baravarga oshib, yiliga 9 mln kishiga yetgan. Prognozlarga ko‘ra, 2040-yilga borib bu ko‘rsatkich 24 mln yo‘lovchidan oshadi. Hozirgi aeroport esa shaharning ichki qismida joylashgani va 11 mln yo‘lovchiga mo‘ljallangani bois uni kengaytirishning texnik imkoniyati mavjud emas.

Yangi aeroport uchun Urtachirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida 1300 gektar maydon ajratildi. Loyihani amalga oshirishda Saudiya Arabistonining Vision Invest, Yaponiyaning Sojitz hamda Janubiy Koreyaning Incheon kompaniyalaridan iborat xalqaro konsorsium hamkorlik qiladi.

Qurilish ishlari to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich qiymati $2,5 mlrdga baholanmoqda. Bu bosqichda aerovokzal majmuasi va aerodrom barpo etiladi. Yakunida aeroportning o‘tkazuvchanlik quvvati yiliga 20 mln yo‘lovchi va 129 ming tonna yukni tashkil etadi. Bu yerda bir soatda 30 ta samolyot qo‘nishi va uchishi mumkin bo‘l

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi