ACWA Power va Larsen & Toubro O‘zbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasi quradi

“Sazagan Solar 1” va “Sazagan Solar 2” loyihalarida mahalliy kompaniyalar va mutaxassislar faol jalb etiladi

ACWA Power va Larsen & Toubro O‘zbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasi quradi

Kompaniyalar ACWA Power va Larsen & Toubro O‘zbekistonda “Sazagan Solar 1” va “Sazagan Solar 2” quyosh elektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu haqda Kapital.uz’ga kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, asosiy shartlardan biri ishlab chiqarishni keng ko‘lamda mahalliylashtirish va mahalliy kadrlarni jalb qilishdir.

Energetika sohasidagi yirik investor ACWA Power va xalqaro konsern Larsen & Toubro (L&T) ikki quyosh elektr stansiyasi — “Sazagan Solar 1” va “Sazagan Solar 2” ni qurish bo‘yicha kontraktlar imzoladi.

Loyiha mahalliylashtirishga katta e’tibor qaratgan holda amalga oshiriladi: allaqachon 10 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi va 40 dan ortiq subpudratchilar jalb etilgan. Bundan tashqari, mamlakatda ilk bor 500 kV kuchlanishga ega elektr uzatish liniyalari uchun ikki zanjirli tayanchlar ishlab chiqariladi. Qurilish jarayonida 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi, shuningdek, kompaniyalar mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yangi avlod muhandis va texniklarini tayyorlaydi.

Stansiyalar ishga tushirilgach, yuz minglab xonadonlarni energiya bilan ta’minlaydi. Bu esa O‘zbekistonning 2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25–40% gacha yetkazish maqsadiga erishishga yordam beradi.

Hozirda ACWA Power O‘zbekistondagi eng yirik xorijiy investorlardan biri bo‘lib, umumiy qiymati $15 mlrdrdan ortiq loyihalarga ega.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi