ACWA Power va Osiyo Taraqqiyot Banki Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasiga $51 mln sarmoya kiritadi

“Nukus-2” Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib yirik hajmdagi akkumulyatorli energiya saqlash tizimiga ega loyihaga aylanadi

ACWA Power va Osiyo Taraqqiyot Banki Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasiga $51 mln sarmoya kiritadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va ACWA Power Company kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida joylashgan “Nukus-2” loyihasini amalga oshirish uchun $51 mln miqdorida kredit paketini imzoladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha ACWA Power Beruniy Wind tomonidan amalga oshiriladi va u Markaziy Osiyoda kommunal darajadagi akkumulyatorli energiya saqlash tizimiga ega birinchi shamol elektr stansiyasi bo‘ladi.

Moliyalashtirish tarkibiga OTBning $25,4 mlnlik odatiy kapital resurslari hamda OTB huzuridagi Yetakchi Osiyo xususiy infratuzilma jamg‘armasidan yana $25,4 mln kiradi. Paralel kredit beruvchilar sifatida Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB), Gollandiyaning FMO banki, Standard Chartered Bank va Saudiya EXIM ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida 200 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi va 100 MVt/soat quvvatli akkumulyatorli energiya saqlash tizimi hamda tegishli uzatish infratuzilmasi qurilishi rejalashtirilgan. Prognozlarga ko’ra, yillik ishlab chiqariladigan toza elektr energiyasi 727,9 ming MVt/soat, kamaytiriladigan CO2 chiqindilari esa 406,1 ming tonnani tashkil etadi. Qurilish va ekspluatatsiya bosqichlarida 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, OTB O‘zbekiston hukumati ko‘magida $7,5 mln miqdorida kredit kafolatini taqdim etdi. Ushbu kafolat tender jarayoniga kiritilgan bo‘lib, moliyaviy xavflarni kamaytirish va raqobatni kuchaytirishga yordam berdi. Bu esa loyiha doirasida elektr energiyasi uchun past tarif belgilanishiga imkon yaratdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda avtomobillar uchun ekostikerlar berish muddati yana kechiktirildi
/
Toshkentda avtomobillar uchun ekostikerlar berish muddati yana kechiktirildi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
/
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
Avgust oyida O‘zbekiston zaxira aktivlari $50 mlrddan oshdi
/
Avgust oyida O‘zbekiston zaxira aktivlari $50 mlrddan oshdi