O‘zbekistonda abituriyentlarga testga kirish ruxsatnomalari berila boshlandi

Ruxsatnomani ikki xil usulda yuklab olish mumkin

O‘zbekistonda abituriyentlarga testga kirish ruxsatnomalari berila boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlanganini e’lon qildi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin (Qayd varag‘i degan sahifada yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan).

Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $68,4 mlrdni tashkil qildi
/
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $68,4 mlrdni tashkil qildi
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi