Ozarbayjon banki Davr Bank’ning 51% aksiyasini $140 mln ga sotib oldi

Kelishuv 10-sentabr kuni ketma-ket amalga oshirilgan oltita bitim orqali yakunlandi

Ozarbayjon banki Davr Bank’ning 51% aksiyasini $140 mln ga sotib oldi

Ozarbayjonning Xalqaro banki O‘zbekistondagi Davr Bank aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi. Bitim “Toshkent” Respublika fond birjasida amalga oshirildi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasidagi loyihalardan biriga aylandi.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, Davr Bank’ning 51% aksiyasini sotib olish bo‘yicha bitim 10-sentabr kuni ketma-ket oltita operatsiya shaklida amalga oshirilgan. ABB banki 51 mln dona oddiy aksiyani har biri 32 281,28 so‘mdan biroz yuqori bo‘lgan yagona narxda sotib olgan. Bitimning umumiy qiymati qariyb $140 mln yoki 1,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Bitim yakunlangani haqida ilk bor 23-avgust kuni ma’lum bo‘lgan. Tegishli ma’lumot O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uchrashuvida namoyish etilgan O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma loyihalariga bag‘ishlangan videolavhada yangragan. Shu davrda ikki davlat rahbarlari O‘zbekistonda Ozarbayjon investitsiyalari ishtirokidagi qator loyihalarning ochilish marosimida ham qatnashgan. Ular orasida Davr Bank ham bor edi.

ABB’ning O‘zbekiston bozoriga kirish rejalari avvalroq ham ma’lum qilingan. Ochilish marosimidan bir kun oldin Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov mintaqadagi eng yirik bank bilan kelishuv imzolanganini aytgan. May oyida esa ABB Davr Bank’dagi nazorat ulushini qariyb $100 mln ga sotib olishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Yakuniy bitim qiymati esa bundan yuqori bo‘ldi.

Bitimning yakunlanishidan avval birjada texnik o‘zgarish ham yuz berdi. 27-avgust kuni “Toshkent” Respublika fond birjasi Davr Bank aksiyalari besh yarim yildan so‘ng birja kotirovka ro‘yxatiga qaytarilganini ma’lum qildi. DRBK tickeri ostidagi aksiyalar savdosi 28-avgustdan boshlangan.

Davr Bank 2001-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning eng yirik hamta’sischisi hamon kuzatuv kengashi raisi Lutfullo Ubayev bo‘lib, unga aksiyalarning qariyb yarmi tegishli.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Binance O‘zbekistonda kripto-aktivlar bozorini rivojlantirish uchun nimalar zarurligini o‘rgandi
/
Binance O‘zbekistonda kripto-aktivlar bozorini rivojlantirish uchun nimalar zarurligini o‘rgandi
Apple eski iPhone modellari narxini ham $100 ga oshirdi
/
Apple eski iPhone modellari narxini ham $100 ga oshirdi
Markaziy bank avgust oyida 22 ta bank va 3 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalarini qo‘lladi
/
Markaziy bank avgust oyida 22 ta bank va 3 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalarini qo‘lladi