Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi

Stansiyalar tayyor holatda 7 yil muddatga foizsiz lizing asosida beriladi

Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asosiy vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda “og‘ir” tuman va mahallalarda aholining bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda bunday hududlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlandi. Shu maqsadda 903 ta mahallaning har birida quvvati 300 kilovatt bo‘lgan kichik quyosh elektr stansiyalari qurilib, mahallalarga beg‘araz aktiv sifatida berilishi belgilandi.

Quyosh stansiyalarida ishlab chiqariladigan “yashil” energiya hisobidan har bir mahallada yiliga 400–500 mln so‘mgacha qo‘shimcha daromad keltiradigan iqtisodiy aktiv shakllanadi. Ushbu mablag‘lar keyinchalik “yashil” chora-tadbirlarni amalga oshirishga, jumladan, ehtiyojmand xonadonlarni energiya tejamkor ta’mirlash, ularning energiya xarajatlarini kamaytirish va turmush sifatini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Quyosh stansiyalarini ekspluatatsiya qilish ishlariga aynan shu mahallalarda yashovchi kambag‘al oilalar a’zolari jalb etiladi. Shuningdek, 1-guruh nogironligi bo‘lgan, oilasida mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 6 ming 700 ta xonadon energiya tejamkor texnologiyalar asosida ta’mirdan chiqariladi.

Mazkur tajriba ixtisoslashuv darajasi yuqori bo‘lgan yana 1 mingta ilg‘or mahallada ham joriy etiladi. Kichik quyosh stansiyalari mahallalarga tayyor holatda 7 yil muddatga foizsiz lizing asosida berilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzdi
/
“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzdi
“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
/
“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi
/
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi