Yanvar oyida Toshkent metropoliteni to‘qqizta yangi poyezd oladi

2024-yilda Toshkent metropoliteniga 68 ta vagon yetib keldi

Yanvar oyida Toshkent metropoliteni to‘qqizta yangi poyezd oladi

2025-yilning yanvar oyida Toshkent metropoliteniga 9 ta yangi poyezd (36 ta vagon) kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida metropoliten harakat xizmati boshlig‘i Rustam Shafiqov ma’lum qildi.

Bundan oldin, 31-dekabr kuni metropoliten matbuot xizmati 3 ta poyezd (12 ta vagon) vagon deposiga kelib tushgani haqida xabar bergan edi. Hozirda ushbu poyezdlar 9–10 kun davom etadigan texnik sinovlardan o‘tmoqda.

Shuningdek, dekabr oyida metropoliten bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, rekord natijaga erishdi. Rustam Shafiqovning ta’kidlashicha, bundan avval metropoliten 14 ta poyezd qabul qilgan edi. Shu tariqa, 2024-yilda metroga jami 17 ta poyezd (68 ta vagon) yetkazib berildi.

Uning qayd etishicha, 2025-yilning yanvar oyida Toshkent metropoliteniga yana 9 ta yangi poyezd olib kelinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil oxirigacha Toshkent metrosi uchun 26 ta zamonaviy poyezd xarid qilish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda
/
O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi
/
O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi
Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi
/
Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi