O‘zbekistonda 9-sinf bitiruvchilarining kasb-hunar ta’limi bilan qamrovi 50% ga yetkaziladi

Bundan tashqari, mamlakatda har yili “Kasb va mehnat kuni” bayrami nishonlanadi

O‘zbekistonda 9-sinf bitiruvchilarining kasb-hunar ta’limi bilan qamrovi 50% ga yetkaziladi

Respublikada 2030-yilgacha kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. Bu haqda Prezident qarorida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda kasbiy ta’lim sohasini isloh qilishning asosiy maqsadlari belgilandi. Xususan, 9-sinf bitiruvchilari orasida kasb-hunar ta’limiga jalb etilganlar ulushini hozirgi 29% dan 50% gacha oshirish rejalashtirilgan. Qaror bilan, shuningdek, umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘tish huquqi beriladi.

Shuningdek, xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlaridan foydalanuvchi texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Chet elda malaka oshirish va stajirovka dasturlarida ishtirok etuvchi o‘qituvchilar soni esa 100 nafardan 2,5 ming nafargacha oshiriladi.

2026-yildan boshlab, har yili 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” nishonlanadi. Ushbu sanada kasbiy ta’limni ommalashtirish va ishchi kasblarining jozibadorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi