5.12.2025 | 16:14
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
Markaziy bank 9-dekabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 9-dekabr kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 20,86 so’mga oshib, 11 990,09 so‘mga yetdi. Yevro esa 13 974,45 so’mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 16 001,97 so‘m (+35,84);
- rubl — 157,95 so‘m (+2,6);
- Xitoy yuani — 1 696,08 so‘m (+4,38);
- Yaponiya iyenasi — 77,40 so‘m (+0,13);
- Qozog‘iston tengesi — 23,82 so‘m (-0,06).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ