8.8.2024 | 16:18
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket yettinchi kun o’sishda davom etmoqda
Markaziy bank tomonidan 9 avgust kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 9 avgust kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 651,98 so’mni (+11,97) tashkil etdi, yevro ham 29,51 so’mga ko’tarilib 13 824,82 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 033,85 so’m (-30,34);
- rubl — 145,91 (-1,05);
- Xitoy yuani — 1 764,84 so’m (+5,35);
- Yaponiya iyenasi — 86,58 so’m (+0,93);
- Qozog’iston tengesi — 26,50 so’m (-0,06).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ