Xitoy va BAA O’zbekistonda chiqindilarni yoqish zavodlarini qurish uchun $1,25 mlrddan ko’proq mablag’ sarflashadi

Birinchi korxonalar 2026-yil oxirigacha ishlay boshlaydi

Xitoy va BAA O’zbekistonda chiqindilarni yoqish zavodlarini qurish uchun $1,25 mlrddan ko’proq mablag’ sarflashadi

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar bermoqda. 

Bu zavodlar Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari ishtirokida 11 hududda, jami $1,28 mlrd qiymatidagi loyihalar asosida barpo etiladi. 

Zavodlar yillik 4,7 mln tonna chiqindini qayta ishlash orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradi va poligonlar sonini besh barobarga qisqartiradi. 

Loyihalarga ko‘ra, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida zavodlar qurilib, 2026-yilda ishga tushiriladi. Bu loyihalar orqali 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, 152 mln m³ tabiiy gaz va 2,4 mln tonna issiqxona gazlarining kamayishi kutilmoqda.

Shuningdek, bu hamkorliklar sirkulyar iqtisodiyot, ekologik barqarorlik va aholiga xavfli kasalliklarning kamayishiga hissa qo‘shadi.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi qattiq maishiy chiqindilarni samarali utilizatsiya qilishni ta’minlaydi. Yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq chiqindilar qayta ishlanib, umumiy qiymati $97 mln bo‘lgan 2,1 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Natijada 152 mln kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga havoga chiqindi gazlar miqdorini 2,4 mln tonnaga kamaytirishi mumkin bo’ladi hamda, 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi Andijon va Toshkent viloyatlarida ikkita zavod qurish uchun $350 mln sarmoya kiritadi. Bu korxonalarda kuniga 4 ming tonna chiqindilarni qayta ishlash, yiliga 630 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. 

“Shanghai SUS Environment” kompaniyasi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida har biriga $310 mlnlik sarmoya kiritib, ikki xil korxona quradi.

“China Everbright Group” kompaniyasi Namangan va Farg‘ona viloyatlarida har bittasiga $283 mlnlik sarmoya evaziga ikkita zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu korxonalar yiliga 1,1 million tonna chiqindilarni qayta ishlash va 455 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Jizzax viloyatida “Chengdu” ekologik guruhi umumiy qiymati $135 mlnlik, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi 547,5 ming tonna chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan, yiliga 230 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod barpo etishni rejalashtirmoqda.

“Tadweer Group” kompaniyasi Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun bittadan zavod qurilishiga $200 mln sarmoya kiritadi. Mazkur zavod kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 363 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Bundan oldin, prezident ushbu loyihalar taqdimoti bilan tanishgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YETTB O’zbekistonda FeS qurilishi uchun qariyb $55 mln ajratadi
/
YETTB O’zbekistonda FeS qurilishi uchun qariyb $55 mln ajratadi
Qoraqalpog‘istonda 25 mlrd so’mlik gipsokarton va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi loyiha amalga oshiriladi
/
Qoraqalpog‘istonda 25 mlrd so’mlik gipsokarton va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi loyiha amalga oshiriladi
Markaziy bank ustav kapitalini oshirmagan beshta bankning faol operatsiyalarini cheklab qo’ydi
/
Markaziy bank ustav kapitalini oshirmagan beshta bankning faol operatsiyalarini cheklab qo’ydi